Xavfsizlik qoidalari
1. Platforma qanday himoya qiladi
Qoshnilar.uz foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi choralarini qo‘llaydi:
- E’lonlar moderatsiyadan o‘tadi
- Shikoyat (report) tizimi orqali mushkul holatlarni belgilash mumkin
- Hisobga kirish va qurilmalar nazorati
- Kontaktlar faqat faol a’zolik (trial/obuna) bilan ochiladi
2. Firibgarlikdan himoyalanish
- Oldindan to‘lov yoki “kafolat” degan so‘rovlarga ishonmang
- Platformadan tashqaridagi “admin” yoki “qo‘llab-quvvatlash”ga o‘xshash chatlarga ehtiyot bo‘ling
- Uchrashuvni ochiq, xavfsiz joyda belgilang
- Muhim kelishuvlarni platforma chatida saqlang
- Shubhali e’lon yoki foydalanuvchini darhol shikoyat qiling
3. Hisobingizni himoya qiling
Parolingizni hech kimga bermang, noma’lum qurilmalarni tekshiring va kerak bo‘lsa chiqarib tashlang.
Shubhali faoliyat ko‘rsangiz, biz bilan bog‘laning.